Xitoylik 17 yoshli badmintonchi turnir vaqtida yuragi to‘xtab vafot etdi

Xitoylik 17 yoshli badmintonchi Chjan Chjitsze Jakartada bo‘lib o‘tayotgan o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida o‘yin vaqtida vafot etdi. Bu haqda Indoneziya badminton assotsiatsiyasi (PBSI) matbuot xizmati xabar berdi.

Chjan Chjitsze 30-iyun kungi guruh bosqichida Yaponiyaga qarshi o‘yinda yiqilib tushdi. Tez yordam mashinasi badmintonchini shifoxonaga olib borgan va uning yuragi urishdan to‘xtab, vafot etgan.

Turnir tashkilotchilari va Indoneziya Milliy Olimpiya qo‘mitasi sportchining oila a’zolariga hamda Xitoy badminton assotsiatsiyasiga (CBA) hamdardlik bildirdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 70403 | Инструменты