Huawei 1
Xorvatiyadagi maktabga qilingan qurolli hujumda 7 yoshli qiz halok bo‘ldi

Xorvatiya poytaxtidagi boshlang‘ich maktabda sodir bo‘lgan pichoqli hujum oqibatida yetti yoshli qiz halok bo‘ldi, yana bir necha o‘quvchi va o‘qituvchi jarohatlandi.

Hina agentligining mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib bergan xabariga ko‘ra, besh kishi turli darajadagi tan jarohatlari olgan.

Hujum juma kuni ertalab soat 9:50 da Zagrebning Prechko tumanidagi boshlang‘ich maktablarning birida sodir bo‘ldi. OAVning tasdiqlanmagan xabarlariga ko‘ra, hujumchi maktabning 19 yoshli sobiq o‘quvchisi bo‘lgan.

Xabarlarga ko‘ra, qora kiyimda bo‘lgan hujumchi avvaliga maktab koridorida bolaga «jismoniy tajovuz qilgan», keyin sinf xonalaridan biriga kirib, pichoq bilan hujum qilgan.

Qayd etilishicha, hujumchi o‘z joniga qasd qilishga uringan, biroq politsiya uni qo‘lga olgan.

Yaralangan bolalar Zagrebdagi kasalxonalarga yetkazilgan.

«Maktabga qurolli hujum qilgan shaxs ruhiy muammolari tufayli bir yil avval ham o‘z joniga qasd qilishga uringan. Uning bugangi harakatlari ham ruhiyatida muammolari borligidan darak beradi», – deydi mamlakat IIV rahbari Davor Bozinovich.

Shanba kuni mamlakatda milliy motam eʼlon qilindi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122218 | Инструменты