Yaponiya bosh vazirining o’rnini endi kim egallaydi?
Yaponiyaning hukmron Liberal-demokratik partiyasi 14 sentyabr kuni bosh vazir Sinzo Abe o'rnini egallaydigan yangi rahbar uchun ovoz beradi. Bu haqda Jiji axborot agentligi xabar berdi.
Amaldagi bosh vazir Sinzo Abe juma kuni sog'lig'idagi muammolar sabab iste'foga chiqishga qaror qildi. Abening ketishi “Abenomika” nomini olgan agressiv pul va fiskal siyosatning kutilmaganda yakuniga yetishini bildiradi.
Liberal-demokratik partiya rahbarining bosh vazir lavozimini egallashi aniqdir, chunki partiya parlament quyi palatasida ko'pchilik o’rinlarni egallagan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 42803 | Инструменты