Huawei 1
Yaponiya kelgusi yilda mudofaa xarajatlarini rekord darajada oshiradi

Yaponiya hukumati 2025 moliyaviy yil uchun (2025 yil apreldan boshlanadi) rekord darajadagi mudofaa xarajatlarni o‘z ichiga oluvchi budjet loyihasini tasdiqlatishni rejalashtirmoqda, deb xabar beradi Kyodo agentligi.

Qayd etilishicha, kelgusi yilda mamlakat budjeti 113 trillion iyenadan oshadi (735 milliard dollarga yaqin). Bunda mudofaa xarajatlari Yaponiya tarixida ilk bor 8 trillion iyenadan (qariyb 52 milliard dollar) oshishi mumkin. Harbiy budjetning oshirilishi hukumat tomonidan tasdiqlangan mudofaa potensialini oshirish strategiyasi va qurollanishga zarba beruvchi qurollarni qabul qilish doirasida amalga oshirilmoqda.

Yaponiya Sog‘liqni saqlash, mehnat va farovonlik vazirligi rekord miqdordagi 34 trillion iyena (220 milliard dollar) so‘ragan bo‘lib, bu aholining qarish sharoitida ijtimoiy ta’minot xarajatlari ortayotgani bilan bog‘liq.

Mamlakatdagi barcha vazirlik va idoralar tomonidan so‘ralgan umumiy summa 117,6 trillion iyenadan (762 milliard dollardan ziyod) oshadi. Moliya vazirligi hozirda barcha so‘rovlarni ko‘rib chiqmoqda.

Budjet loyihasi kelasi yil boshida parlamentga kiritilishi kutilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121914 | Инструменты