Huawei 1
Qashqadaryoda ota va uning uch farzandi is gazidan zaharlanib vafot etdi

Fojia 17-dekabr kuni soat 15:40 larda Qarshi shahar, “Kunchiqar” MFYda joylashgan Nurbog‘ ko‘chasi sodir bo‘lgan.

Fuqaro B.T. va uning farzandlari T.A. (2006 yil, o‘g‘il bola), S.A. (2008 yil, qiz bola) va M.A.lar (2014 yil qiz bola) isitish tizimidan chiqqan is gazidan zaharlanish oqibatida o‘z yashash xonadonida vafot etgan.

"Ko‘zdan kechirish davomida aniqlangan dastlabki holatga ko‘ra, uyning yerto‘lasida o‘rnatilgan zamonaviy isitish qozonining (dvux konturniy kotyol) yongan is gazi chiqishi uchun o‘rnatilgan mo‘rining umumiy havo tortish mo‘risiga (vityajnaya ventilyatsiya) ulangan qismidan is gazining sizib chiqayotgani aniqlangan", — deyiladi prokuratura taqdim qilgan maʼlumotnomada.

Qarshi shahar prokuraturasi tergovga qadar tekshiruv o‘tkazmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121916 | Инструменты