Huawei 1
Toshkent shahar IIBB energetika vazirining shikoyat arizasini rad etdi

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudovning iqtisodchi Otabek Bakirov ustidan shikoyat arizasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilgan.

Bu haqda iqtisodchi-bloger o‘zining telegram kanalida maʼlum qildi.

"Boshqarma qaroriga, xususan, AOKAning Energetika vaziri shikoyat arizasida ko‘rsatilgan vajlar mavjud emasligi haqida tegishli ekspertiza xulosasi hamda shikoyatga sabab bo‘lgan post yozilganiga 1,5 yildan ko‘p vaqt o‘tganligi asos qilib ko‘rsatilgan.

Ichki ishlar organlariga mazkur ish yuzasidan o‘tkazilgan tezroq surishtiruv va harakatlar uchun fuqaroviy tashakkur bildiraman", – deb yozib qoldirgan Bakirov.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121916 | Инструменты