Ijtimoiy tarmoqlarda Lacetti rusumli transport vositasi haydovchisi mumkin bo‘lmagan jihoz, miltillovchi chiroq (migalka) o’rnatganligi, shuningdek old peshoynasiga tonirovka qoplaganligi aks etgan holat tarqaldi.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borildi.
Avtomashina haydovchisi 1995-yilda tug’ilgan J.B.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJTKning 126-127-moddalariga muvofiq ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi va transport vositasi vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga joylashtirildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 121916 | Инструменты