Huawei 1
Yaponiya mudofaa xarajatlari uchun rekord darajada mablag‘ ajratadi

Yaponiya hukumati 2025-moliya yili uchun 730 milliard dollarlik budjetni tasdiqladi. Mazkur mablag‘ning 55 milliard dollari mudofaa uchun mo‘ljallangan. Bu Yaponiya uchun rekord darajadagi ko‘rsatkich hisoblanadi. Bu haqda Kyodo agentligi ma’lum qildi.

“Mudofaa xarajatlari birinchi marta 8,7 trillion iyenaga (55 milliard dollar) yetdi. Chunki mamlakat Xitoydagi jadal harbiy qurilish va Shimoliy Koreyaning Rossiya bilan aloqalari kuchayayotgan bir sharoitda mintaqaviy tahdidlarga javob berish qobiliyatini kuchaytirishni maqsad qilgan”, deya ta’kidlaydi agentlik.

Xususan, mablag‘lar uzoq masofali raketalarni ommaviy ishlab chiqarishni ta’minlashi kerak.

Kyodo agentligining xabar berishicha, Yaponiya mudofaa xarajatlarini ketma-ket 13 yil davomida oshirgan.

Bundan tashqari, iqtisodiy rivojlanishni rag‘batlantirish uchun Yaponiya Vazirlar Mahkamasi mablag‘larni yarimo‘tkazgichlar ishlab chiqarish va sun’iy intellekt texnologiyalari sohasiga yo‘naltiradi. 640 million dollar Yaponiyaning yarimo‘tkazgich komponentlarini ishlab chiqaruvchi Rapidus kompaniyasiga ajratiladi.

Byudjetning taxminan uchdan bir qismi — 244 milliard dollar ijtimoiy ta’minotga yo‘naltirilgan. Yaponiya aholining qarishi va tug‘ilish darajasining pasayishi bilan kurashishni reja qilgan.

Biroq, Kyodo eslatishicha, oktyabrdagi parlament saylovlaridan keyin bosh vazirga aylangan Sigeru Isiba muxolif partiyalarining so‘rovlariga javoban, byudjet loyihasini qabul qilish uchun unga tuzatishlar kiritishi kerak bo‘lishi mumkin.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122816 | Инструменты