Huawei 1
Yaponiya narxlar oshishi fonida Janubiy Koreyadan guruch import qilishni boshladi

Yaponiyada 26 yildan beri faoliyat yuritib kelayotgan kompaniya birinchi marta Janubiy Koreyadan guruch import qilishni boshlaganini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, kompaniya ilk bor mart oyida 2 tonna guruch olib kelgan va yana 20 tonna import qilishni rejalashtirmoqda.

Kompaniya saytida keltirilishicha, 4 kilogrammli qadoqdagi guruch narxi iste’mol solig‘i va yetkazib berishlar bilan birga qariyb 29 dollarni tashkil etmoqda. Kompaniyaning ma’lum qilishicha, martda olib kelingan guruchning barchasi sotib bo‘lingan va u Yaponiyadagi talabdan kelib chiqib, keyingi harakatlarini amalga oshiradi.

Yonhap agentligiga ko‘ra, joriy yilda Yaponiyaga Janubiy Koreyadan guruch eksport qilish 1990 yildan beri rekord darajaga chiqadi.

Fevral oyida Yaponiyada 5 kiloli qadoqdagi guruch narxi 3688 iyenaga (24 dollar) yetgandi — bu 2024 yil fevraldagi ko‘rsatkichdan 1,5 barobarga qimmat. Mart oyida esa mamlakat hukumati strategik zaxiralar hisobidan 210 ming tonna guruchni sotishni rejalashtirayotgani ma’lum bo‘lgan edi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 42521 | Инструменты