Kosmosdagi inson faoliyatini o‘rganish markazi Lunar Glass NEO loyihasini ishga tushirdi
Yaponiyaning eng qadimgi milliy universitetlaridan biri bo'lgan Kioto universiteti qoshidagi Kosmosdagi inson faoliyatini o'rganish markazi mutaxassislari va Kajima korporatsiyasi Lunar Glass NEO qo'shma loyihasini ishga tushirishdi.
Kioto universiteti va Kajima korporatsiyasi oʻrtasida 2022-yilda “Oy va Marsdagi sunʼiy tortishish yashash imkoniyatlari” nomli qoʻshma tadqiqot eʼlon qilindi. Tadqiqot kosmik yashash uchun zarur boʻlgan uchta asosiy tushunchani aniqladi va ishlab chiqdi: sunʼiy tortishish, cheklangan ekotizim va sunʼiy tortishish transporti tizimi”, - deyiladi matbuot xabarida.
Barcha zarur konsepsiyalarni bosqichma-bosqich amalga oshirish uchun tadqiqot quyidagi bosqichlarga yo'naltiriladi: obyektlarning tuzilishi va dizaynining texnik jihatdan maqsadga muvofiqligi, inson hayoti uchun yaroqliligi, inson organizmiga ta'sirini baholash, shuningdek, Oyda yashash uchun obyektlarni yaratish doirasida ularni keyinchalik ishlatish maqsadida yopiq ekotizimlarni yaratish.
"Tadqiqotning maqsadlaridan biri ham Yerda xuddi shunday obyektni yaratishni boshlashdan iborat", deyiladi hujjatda.
Video taqdimotga ko‘ra, Oydagi “rezidensiya” shakli bo‘yicha paraboloidga o‘xshagan va dumaloq poydevorga o‘rnatilgan shisha buyum bo‘ladi. Inshootning diametri taxminan 200 metrni, balandligi esa 400 metrni tashkil etadi, bu esa 10 ming kishigacha yashashi uchun sharoit yaratadi. Aylanish tufayli obyekt ichida sun'iy tortishish hosil bo'ladi, turar-joy binolari esa ushbu inshootning devorlari bo'ylab joylashadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 61001 | Инструменты