Yevropa Ittifoqi (YI) Rossiyaga qarshi 15-sanksiya paketini tayyorlamoqda, dedi Yevropa Ittifoqining tashqi siyosat bo‘yicha rahbari Josep Borrel Kiyevdagi matbuot anjumanida. Uning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda “TASS”.
“Sanksiyalar haqida boshida aytgandim. Ha, biz Rossiyaga qarshi 15-sanksiya paketini tayyorlayapmiz. Va biz sanksiyalardan qochishga qarshi kurashni kuchaytirishimiz kerak”, - dedi u.
Aprel oyida Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 14-paketini e'lon qilgan edi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 111307 | Инструменты