Huawei 1
Yevropa Ittifoqi Suriyaga qarshi sanksiyalarni yumshatdi

Yevropa Ittifoqi Kengashi Suriya bo‘yicha sanksiyalarni yumshatish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bu “YIning Suriyada inklyuziv siyosiy o‘tish jarayonini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, mamlakatning tezkor iqtisodiy tiklanishi, qayta qurilishi va barqarorlashuvi yo‘lidagi sa’y-harakatlari” doirasida amalga oshirilmoqda. Qaror 24-fevral, dushanba kuni YI Kengashining rasmiy veb-saytida e’lon qilindi.

Sanksiyalar yumshatilishi, jumladan:
 • Energetika va transport sohalari bilan bog‘liq bo‘lgan hamda gumanitar maqsadlar va tiklanish uchun zarur bo‘lgan moliyaviy va bank operatsiyalariga ta’sir qiladi.
 • To‘rtta bank va “Syrian Airlines” aviakompaniyasi sanksiyalar ro‘yxatidan chiqariladi.
 • Suriyaga hashamatli mahsulotlarni eksport qilish bo‘yicha taqiq uchun istisnolar joriy etiladi.

“Bugungi qarorga muvofiq, YI Kengashi o‘z ishini davom ettiradi va kelajakda iqtisodiy sanksiyalarni to‘liq to‘xtatish imkoniyatini baholaydi. Shuningdek, mamlakatdagi vaziyatni diqqat bilan kuzatib boradi, shunda bunday yumshatish choralari hanuz dolzarb ekanligiga ishonch hosil qilish mumkin bo‘ladi”, — deyiladi bayonotda.

AFP axborot agentligi ma’lumotiga ko‘ra, Suriya tashqi ishlar vaziri Yevroittifoqning sanksiyalarni yumshatish qarorini olqishlagan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 22513 | Инструменты