Huawei 1
Yevropa Ittifoqi Ukrainaga bosqinning 3 yilligi munosabati bilan Rossiyaga qarshi 16-sanksiyalar paketini tayyorlamoqda

Yevropa Ittifoqi Ukrainaga bosqinning 3 yilligi munosabati bilan Rossiyaga qarshi 16-sanksiyalar paketini tayyorlamoqda. 

"2025-yil fevralida eʼlon qilinishi kutilayotgan navbatdagi cheklovlarga tayyorgarlik allaqachon boshlangan", deb yozadi Welt am Sonntag haftalik nashri Bryusseldagi diplomatlarga tayanib.

Diplomatlarning fikriga ko‘ra, sanksiyalarning 16-paketi “Moskvaga aniq signal” sifatida nazarda tutilgan bo‘lib, u Rossiya iqtisodiyotining hozirgacha sanksiyalar umuman taʼsir qilmagan yoki yetarli darajada taʼsir ko‘rsatmagan sohalariga qarshi choralarni o‘z ichiga oladi.

Yevropa Ittifoqining Rossiyaga qarshi 15-sanksiyalar paketi 16-dekabr kuni qabul qilingan edi.

"Ushbu sanksiyalar paketi Rossiya harbiy mashinasini va bu urushni amalga oshirayotganlarni, jumladan, Xitoy kompaniyalarini zaiflashtirishga qaratilgan", — deya fikr bildirdi Yevropa Ittifoqi diplomatiyasi rahbari Kaya Kallas.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122218 | Инструменты