Xalqaro munosabatlarda neoliberalizmning asosiy mafkurachilaridan biri, Garvard universiteti professori Jozef Nay 88 yoshida vafot etdi.
Nay "yumshoq kuch" tushunchasining asoschisi sifatida mashhur. Unga ko‘ra, ko‘zlangan maqsadga faqat iqtisodiy majburlash yoki harbiy qudrat orqali erishib bo‘lmaydi. Nay davlatning o‘z irodasini boshqalarga o‘tkazish qobiliyatining muhim omili sifatida “jozibadorlik”ni ko‘rsatadi. Yaʼni, madaniy-axloqiy qadriyatlarni, siyosiy yo‘nalishning jozibadorligini va mamlakat siyosiy institutlarining samaradorligini namoyish etish orqali xalqaro munosabatlarda o‘z kun tartibini qo‘llab-quvvatlashga erishish va boshqalarni o‘z tomoniga jalb qilish qobiliyatidir.
Siyosatshunos taʼkidlaganidek, uzoq muddatli istiqbolda "yumshoq kuch" boshqa taʼsir usullariga nisbatan samaraliroq va maʼqulroq bo‘lib chiqadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 51202 | Инструменты