Huawei 1
Zelenskiy: Ukraina hech qachon NATOga qisman a’zolikka rozi bo‘lmaydi

Ukraina hech qachon Rossiyaning Ukraina hududlari okkupatsiyasini tan olmaydi va hududning faqat bir qismini NATOga a’zo bo‘lishiga rozilik bermaydi. Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Kiyevda Yevropa kengashi prezidenti Antonio Koshta bilan qo‘shma matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Xususan, undan NATOning «xavfsizlik soyaboni» Ukrainaning erkin hududiga qanday tarqalishi mumkinligi haqida savol berildi.

«Biz hech qachon Rossiya tomonidan yerlarimiz okkupatsiyasini qonuniy ravishda tan olmaymiz. Biz bu yerlarni ruslarniki deb tan olmaymiz. Bular faqat bizning yerlarimiz. Bular bizning xalqimiz. Ukrainaning vaqtincha bosib olingan qismlari. Albatta, bularning barchasi qaytariladi. Albatta. Men yerlarning katta qismini diplomatik yo‘l bilan qaytishini juda istardim. Ammo Putin buni tushunishiga ishonchim komil emas. Ammo dunyo buni tushunishini istardim», deb ta’kidladi Zelenskiy.

Prezident Ukraina uchun eng yaxshi xavfsizlik kafolati NATO, iqtisodiy kafolati esa Yevropa Ittifoqi ekanligini qayd etdi.

«Bu ikki talab, urush tugaganidan keyin qanday diplomatik yo‘llar bo‘lishidan qat’i nazar, biz uchun YeI va NATO - bu juda muhim. Bugun qanchalik qiyin ko‘rinmasin, lekin biz turli qiyinchiliklarga duch kelganmiz. Ammo baribir amalladik», dedi Zelenskiy.

Shu bilan birga, uning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainaning faqat bir qismi uchun NATOga taklif bo‘lishi mumkin emas, chunki bu boshqa barcha hududlar nafaqat xavf ostida qolishini, balki yo‘qotilganini ham anglatadi.

«Agar taklif shunday bo‘lsa, Ukraina hech qachon rozi bo‘lmaydi», dedi Zelenskiy.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 120213 | Инструменты