Huawei 1
Zelenskiy urush tugashi haqida bayonot berdi: “Biz o‘ylaganimizdan ham tinchlikka yaqinroqmiz”

AQSHda rasmiy tashrif bilan bo‘lib turgan Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy urush ko‘pchilik o‘ylaganidan ko‘ra “tugashga yaqin” ekanini aytdi. Bu haqda u ABC News’ga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Siyosatchi g‘alaba rejasining mohiyati nimadan iboratligini aytdi va ittifoqchilarni Ukraina armiyasini mustahkamlashga chaqirdi.

“G‘alaba rejasi — bu Ukrainani mustahkamlash. Shuning uchun do‘stlarimizdan, ittifoqchilarimizdan bizni mustahkamlashlarini so‘raymiz. Bu juda muhim. Menimcha, biz o‘ylaganimizdan ko‘ra tinchlikka yaqinroqmiz. Urushning tugashiga yaqinlashmoqdamiz”, dedi Zelenskiy.

Siyosatchi AQSH va Britaniyaga bir necha bor murojaat qilib, ulardan Ukrainaga berilgan uzoq masofali raketalarni Rossiya ichkarisidagi nishonlarga qarshi ishlatish bo‘yicha cheklovlarni bekor qilishni so‘ragandi. Zelenskiy iltimosi Ukraina sharqidagi shiddatli janglar fonida, shuningdek, Rossiyaning Kursk viloyatidagi operatsiyadan bir necha hafta o‘tgach yangradi.

Ukraina prezidenti ABC News’ga bergan intervyusida Putin Kursk operatsiyasidan “qo‘rqayotgani”ni aytdi.

“Bu haqiqat. U (Putin) juda qo‘rqmoqda. Nega deganda, uning xalqi u o‘zining... butun hududini himoya qila olmasligini ko‘rdi”, dedi Zelenskiy.

Prezident faqat “kuchli pozitsiyadan” turib Ukraina “Putinni urushni to‘xtatishga majbur qilishi” mumkinligini aytdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92413 | Инструменты