Huawei 1
Qashqadaryo va Surxondaryodagi 100 ta maktabga bepul avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

2024/25-o‘quv yilidan boshlab Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlaridagi 100 ta maktabga bepul avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Maktab va maktabgacha taʼlim vazirligi boshqarma boshlig‘i Erkin Murodov “Daryo”ga bergan intvervyusida maʼlum qildi.

Erkin Murodovning aytishicha, avtobuslar qatnov tizimi autsorsing asosida ishlaydi.

Yangi o‘quv yilidan Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari hududlarida 100 ta maktabga bepul avtobuslar qatnovini yo‘lga qo‘yish ustida ishlayapmiz. Bu tizim autsorsing asosida ishlaydi. Avtobuslar o‘quvchilarni maktabga o‘z vaqtida borishlariga yordam beradi. Shu bilan birga, bolalarni taʼlim jarayoniga qamrab olish imkoniyatini oshiradi. Hozirda Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarining mahalliy hokimiyatlari va Transport vazirligi bilan hamkorlikda tizimni yo‘lga qo‘yish ishlarini olib bormoqdamiz, dedi mutaxassis.
Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 90609 | Инструменты