Huawei 1
Qozog‘iston Markaziy Osiyoni Amazon sun’iy yo‘ldosh interneti bilan ta’minlaydi

Qozog‘iston Ilon Maskning Starlink kompaniyasining analogi Amazon Kuiper sun’iy yo‘ldosh internet xizmati bilan shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda. Bu haqda Raqamli rivojlanish, innovatsiyalar va aerokosmik sanoat vaziri Jaslan Madiyevga tayanib Kazinform xabar berdi.

Ostona shahrida UNESCO tomonidan tashkil etilgan Markaziy Osiyoda raqamli inklyuzivlik va transformatsiya bo‘yicha birinchi Osiyo-Tinch okeani vazirlar konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda, uning yakunlari bo‘yicha turli kelishuvlar imzolanadi.

Qozog‘istonlik vazirning ta’kidlashicha, eng muhimlaridan biri Amazon Kuiper Internet xizmatidir.

Amazon Kuiper — bu internet bilan ta’minlash uchun sun’iy yo‘ldosh yechimi, Starlink, OneWeb’ning analogi. O‘ylaymanki, bu yo‘nalishda raqobatni rivojlantirish orqali biz fuqarolarga hamyonbop narxda sifatli xizmat ko‘rsatishimiz mumkin, deydi Madiyev.

O‘tgan yili Amazon Project Kuiper sun’iy yo‘ldosh internet xizmatlarini joylashtirish uchun kosmik sun’iy yo‘ldoshlarning dastlabki ikkita prototipini muvaffaqiyatli ishga tushirgan edi. Amazon jami 3200 dan ortiq sun’iy yo‘ldoshlarni joylashtirishni rejalashtirgan. Biroq yaqinda kompaniya Kuiper to‘laqonli loyihasini ishga tushirishni 2024-yil oxirigacha qoldirgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91609 | Инструменты