Huawei 1
5-sentyabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti

Prezident elektrotexnika eksporti 1 milliard dollarga yetganini ta'kidladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida elektrotexnika sohasida ishlab chiqarish, eksport va investitsiyalarni ko‘paytirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi boshlandi. Unda sohada faoliyat yuritayotgan 100 dan ortiq tajribali tadbirkorlar ham ishtirok etmoqda.

Elektrotexnika loyihalari uchun xorijdan 200 million dollar resurs jalb qilinadi

Umuman, bu yil 85 ta loyiha doirasida sim karta, to‘lov kartasi, keng turdagi maishiy texnika, transformator, televizor, quyosh paneli va yoritish uskunalari, elektr skuterlar uchun akkumulyator, litiy batareyasi, lazer bilan kesish uskunalarini ishlab chiqarishni boshlash vazifasi qo‘yildi.

Nurafshon shahrida yangi sanoat texnoparki tashkil etish rejalashtirilmoqda

Nurafshon shahar hokimligi tomonidan shaharda ishbilarmonlik muhitini rivojlantirish bo‘yicha qaror loyihasi ishlab chiqildi.

O‘zbekiston Markaziy banki oltin xaridi bo‘yicha dunyo yetakchilari uchligiga kirdi

Mamlakat zaxiralari umumiy 375 tonnaga yetdi va yil boshiga nisbatan birinchi marta o‘sishni ko‘rsatdi.

Alisher Qodirov: Qonunchiligimizda sovet mafkurasi, davri va ramzlarini targ'ib qilish taqiqlanishi lozim

"Albatta, tariximizning bu ayanchli davri tahlil va muhokama qilinishi kerak, lekin uni ma’qullash yoki targ'ib qilish nafaqat Konstitutsion tuzumga jinoyat, balki xalqimizga va qonli tuzum qurbonlariga aylangan ajdodlarimizga xiyonat sifatida baholanishi zarur", - deya yozgan "Milliy tiklanish" partiyasi yetakchisi.

Tovar va moliya bozorlarida sog'lom raqobat muhiti ta'minlanadi

Jazolar tizimini liberallashtirish maqsadida raqobat to'g'risidagi qonunchilikning iqtisodiy jihatdan past ta'sir darajasiga ega bo'lgan buzilishini birinchi marta sodir etgan xo'jalik yurituvchi subyektlarga nisbatan moliyaviy sanksiyalar tarzidagi javobgarlik choralari qo'llanilmasligini nazarda tutuvchi o'zgartirishlar kiritildi.

Ozodbek Nazarbekovga Qirg‘iziston xalq artisti unvoni berildi

O‘zbekiston va Qirg‘iziston prezidentlari ikki davlat madaniyat va san’at sohasi vakillarini faxriy unvonlar bilan mukofotladi.

Bu yilgi saylov byulletenlari mutlaqo yangi shaklda tasdiqlandi

Ushbu saylov byulletenlarining ixchamligi byulletenni chop etish xarajatlarini kamida 3 milliard so‘mgacha iqtisod qilish imkonini bermoqda.

Kontrakt pulini to‘lash muddatlari belgilandi

2024/2025-oʻquv yilidan boshlab respublika davlat oliy taʼlim muassasalariga toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar hamda tahsil olayotgan talabalar uchun toʻlov muddatlari belgilandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91609 | Инструменты