Huawei 1
Fransiyada yangi bosh vazir tayinlandi

Fransiya tashqi ishlar vazirligining sobiq rahbari, sobiq Yevropa komissari va Yevropa Ittifoqining Brexit bo‘yicha sobiq bosh muzokarachisi, 73 yoshli Mishel Barnye Fransiyaning yangi bosh vaziri etib tayinlandi. Bu haqda Yelisey saroyi matbuot xizmati xabar berdi.

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Mishel Barnyega mamlakat va fransuz xalqiga xizmat qiladigan birdam hukumatni tuzishni buyurdi, — deyiladi xabarda.

17-iyul kuni Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bosh vazir Gabriel Attalning iste’fosini qabul qilgani, ammo Attal va uning kabineti hukumatning yangi rahbari tayinlangunga qadar Parijdagi Olimpiya o‘yinlari davomida o‘z lavozimlarida qolishi xabar berilgandi.

Ma'lumot o'rnida, Mishel Barnye 1951-yil 9-yanvarda La Tronsh shahrida tug‘ilgan. Parijdagi Oliy tijorat maktabini tamomlagan. U 1978 yilda Deputatlar palatasiga saylangan va 1993-yilgacha faoliyat yuritgan. 2004-yil 31-martdan 2005-yil 5- iyungacha Fransiya tashqi ishlar vaziri bo‘lib ishlagan. 2010-yil 9-fevraldan ichki savdo bo'yicha Yevropa komissari.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91610 | Инструменты