Achinarli ahvolga kelib qolgan va asrab qolinishi uchun zarur choralar ko‘rilishini talab qilgan 34 ta tasviriy sanʼat asari restavratsiyadan o‘tdi. Bu haqda prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva xabar qildi.
Qayd etilishicha, davlat sanʼat muzeyi to‘plamlaridagi Turkiston avangardiga mansub nodir suratlar O‘zbekiston Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamg‘armasi ko‘magi bilan Patrisiya Verges-Libai boshchiligidagi fransiyalik yetakchi mutaxassislar tomonidan qayta tiklandi.
“Yuksak mahorat bilan bajarilgan bunday ishlar nafaqat madaniy merosimizni asrab-avaylash, balki O‘zbekiston muzeylarining to‘plamlarida saqlanayotgan noyob sanʼat durdonalarini xalqaro jamoatchilikka namoyish etishga xizmat qiladi.
Xususan, restavratsiya qilingan asarlar 2024-yilning bahorida Florensiyadagi Uffitsi galereyasi va Venetsiyadagi Ka Foskari universitetiga qarashli ko‘rgazma zallarida namoyish etiladi”, — deyiladi xabarda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122219 | Инструменты