O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga buyuk olim Ali Qushchining o‘g‘li Qozi Abdurahmon qalamiga mansub "Ravnaq-ul bo‘ston" asarining faksimile nusxasi olib kelindi. Ushbu asarning asl nusxasi Ayo Sofiya kutubxonasida saqlanmoqda.
Kitob Markazga Istanbul universiteti professori Emek Ushenmez tomonidan taqdim etildi.
"Ravnaq-ul bo‘ston" bog‘dorchilikka bag‘ishlangan bo‘lib, unda mevalarni yetishtirish, saqlash va nihollarni parvarishlash bo‘yicha qimmatli tavsiyalar berilgan.
Asarni o‘zbek tiliga tarjima qilish ishlari o‘zbekistonlik olimlar tomonidan amalga oshirilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 11313 | Инструменты