Joriy yilning 10-yanvar kuni Namangan viloyatining Namangan shahrida “Hududgaz Namangan” gaz taʼminoti filiali komplayens nazorat tuzilmalari va shahar gaz taʼminoti boʻlimi xodimlari ishtirokida oʻtkazilgan reyd tadbirida qoidabuzilish holati qayd etildi.
Xususan, Namangan shahrining Namuna koʻchasida istiqomat qiluvchi fuqaro R. Z. ga qarashli novvoyxonada gaz taʼminoti tashkiloti bilan shartnoma tuzmasdan tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelingani aniqlandi.
Holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, gaz sarfi qayta hisob-kitob qilindi va 362,5 million soʻmlik zarar hisoblandi. Toʻplangan barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 11316 | Инструменты