Huawei 1
Samarqand shahri hududini kengaytirish rejalashtirilyapti

«Samarqand viloyatining Samarqand shahri, Samarqand va Oqdaryo tumanlari chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risida»gi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining qarori loyihasi tayyorlanmoqda. Bu haqda Quyi palata matbuot xizmati ma’lum qildi.

Vazirlar Mahkamasi taklifi bilan ishlab chiqilgan ushbu qarorda Samarqand tumanidan 170 gektar va Oqdaryo tumanidan 243 gektar yer maydonini Samarqand shahri tarkibiga o‘tkazish nazarda tutilmoqda.

Qayd etilishicha, qaror loyihasi siyosiy partiyalar fraksiyalari muhokamasiga kiritish uchun tayyorlanyapti.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 11314 | Инструменты