Huawei 1
Londonda Buyuk Britaniyaning ta'lim sohasidagi eng nufuzli tashkilotining O'zbekiston bilan hamkorlik masalalari muhokama etildi

Britaniyaning "Cambridge University Press and Assessment" ta'lim tashkilotining Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan hamkorlik bo'limi boshlig'i Stiv King bilan uchrashuv o'tkazildi

"Cambridge University Press and Assessment" – jahondagi eng yirik nashriyot va ta'lim tizimlarini yaratishga ixtisoslashgan tashkilotlardan biri hisoblanadi. U 1534-yilda tashkil topgan bo'lib, butun dunyo bo'ylab ilmiy va ta'limga oid nashrlar, ta'lim dasturlari, imtihonlar va baholash tizimlarini ishlab chiqadi. Uning faoliyati ta'lim va o'qitish sohasida ilg'or ilmiy va metodologik yondashuvlarni yaratishga qaratilgan.

Tashkilot "Cambridge University Press" hamda "Cambridge Assessment" kabi ikki tarkibdan iborat.

"Cambridge University Press" – ilmiy nashrlar, kitoblar, onlayn resurslar va ta'lim materiallarini ishlab chiqaradi. U turli fanlar, jumladan, til o'rganish, ilm-fan, tarix, adabiyot va boshqa sohalarda nashrlari mavjud.

"Cambridge Assessment" – ta'lim baholash tizimlarini ishlab chiqadi, jumladan, bu mezonlar ta'limning yuqori darajasini ta'minlash va talabalarni baholashda yordam beradi.

Muloqot chog'ida Stiv King O'zbekistonda ta'lim sohasida amalga oshiralayotgan keng-ko'lamli islohotlarni va yoshlarning sifatli ta'lim olishi uchun yaratib berilayotgan sharoitlarni yuqori baholadi.

Uning ma'lum qilishicha, hozirda Kembrij tashkilotining ta'lim baholash tizimlari respublikaning barcha hududlaridagi ixtisoslashtirilgan maktablarda qo'yilgan.

Suhbatdosh "Cambridge University Press and Assessment"ning O'zbekiston va Britaniya o'rtasida ta'lim sohasidagi hamkorlikni yana-da rivojlantirish va kengaytirishga o'z hissasini qo'shishga tayyorligini bildirdi.

Xususan, Kembrij muassasasi bilan respublika maktablarida Kembrij o'quv dasturini joriy etish va xalqaro standartlarni qabul qilish orqali hududda o'qitish va ta'lim sifatini yana-da oshirish hamda ta'lim dasturlarini respublikada keng joriy qilish, mutaxassislarining malaka oshirish loyihalarini O'zbekistonda hamda Britaniyada tashkil etishda amaliy hamkorliklarni yana-da jadallashtirishga kelishildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 11314 | Инструменты