Huawei 1
Berlin kutubxonasidan boburiylarga tegishli muhtasham albom topildi

Berlin kutubxonasidan boburiylarga tegishli muhtasham albom topildi. Bu haqda Toshkentda davom etayotgan O‘zbekiston xalqaro madaniy meros haftaligi doirasidagi tadbirlarda maʼlum qilindi.

Berlin davlat kutubxonasida saqlanayotgan boburiylarga oid mazkur muhtasham albomning bir tomonida g‘azallar, ikkinchi tomonida esa miniatyuralar tushirilgan.

Eʼtiborli jihati, albomdagi g‘azallar Alisher Navoiy va Husayn Boyqaroga tegishli bo‘lib, turkiy tilda yozilgan.

Mutaxassislarning eʼtirofiga ko‘ra, boburiylar sulolasi uch yuz yildan ortiq hukmronlik tarixiga ega bo‘lsa-da, hech qachon o‘z ota-bobosini, millatini, tilini unutmagan. Saroyda ehtimolki, fors, hind yoki boshqa tilda gaplashilgan bo‘lishi mumkin, lekin asosiy, eng jiddiy masalalar turkiy tilda hal qilingan va juda ko‘plab turkiy qo‘lyozmalar ko‘chirilgan.

Mazkur albomning 25 tasi Germaniyadagi Berlin davlat kutubxonasida saqlanayotgan bo‘lsa, qolgan 100 ga yaqin qismi Buyuk Britaniya, AQSH, Chexiya hamda Eronda ekanligi maʼlum qilindi.

Chet ellarga tarqalib ketgan O‘zbekiston madaniy merosi namunalarini qaytarish kabi madaniy islohotlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan amalga oshirilmoqda.

– Hozirda boburiylarga tegishli albomning tarqalib ketgan barcha qismlarining faksimileni yig‘ish va O‘zbekistonga olib kelish bo‘yicha ishlar davom etmoqda, – dedi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Firdavs Abduxoliqov.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121300 | Инструменты