Huawei 2
Botir Zokirov nomidagi milliy estrada mukofoti ta’sis etiladi

Vazirlar Mahkamasi “Botir Zokirov nomidagi milliy estrada mukofotini ta’sis etish to‘g‘risida” qaror qabul qildi.

Unga muvofiq, estrada yo‘nalishida faoliyat olib borayotgan iste’dodli yosh xonandalar uchun Botir Zokirov nomidagi milliy estrada mukofoti ta’sis etiladi.

Qaror bilan Botir Zokirov nomidagi milliy estrada mukofotiga taqdim etilgan nomzodlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita tarkibi, shuningdek, Botir Zokirov nomidagi milliy estrada mukofoti to‘g‘risidagi nizom ham tasdiqlandi.

Botir Zokirov nomidagi milliy estrada mukofoti estrada yo‘nalishida nom qozongan ijodkorlarning hayoti va ijodini o‘rganish, ularning asarlarini ijro qilish, shu asosda yangi asarlar yaratish kabi jarayonlarda yuqori natijalarga erishgan ijodkorlar, shu jumladan, oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan va faoliyat yuritayotgan yoshlarga tanlov asosida beriladi.

Mukofot uchun tanlovni yuqori saviyada o‘tkazishga Madaniyat vazirligi - mas’ul tashkilot, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, O‘zbekiston kompozitorlar va bastakorlar uyushmasi, Yozuvchilar uyushmasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi huzuridagi Yoshlar ishlari agentligi hamda O‘zbekiston Badiiy akademiyasi - hamkor tashkilotlar hisoblanadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga