Unda bir qator masalalar muhokama qilinib, Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkazni bogʻlaydigan logistika va transport yoʻlaklarini rivojlantirish muhimligi taʼkidlandi
Bugun, 11-sentyabr kuni Shavkat Mirziyoyev Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan bilan telefonda gaplashdi. Suhbatda Oʻzbekiston – Armaniston munosabatlarini, eng avvalo, savdo-iqtisodiyot va investitsiya sohalarida yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Shu maʼnoda, sanoat kooperatsiyasi boʻyicha yangi qoʻshma loyihalarni ishlab chiqish dolzarb ekani alohida qayd etildi. Mirziyoyev Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkazni bogʻlaydigan logistika va transport yoʻlaklarini rivojlantirish muhimligini taʼkidladi.
Prezidentimiz Tinchlik shartnomasini tez fursatda imzolash borasidagi saʼy-harakatlarni yuksak baholadi. Ikki va koʻp tomonlama, shu jumladan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti va Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi doirasidagi tadbirlar rejasi ham koʻrib chiqildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 91115 | Инструменты