Zo‘ravonlikdan jabrlangan ayollar va ularning voyaga yetmagan farzandlarini himoya qilish yanada mustahkamlanadi

O‘zbekistonda “Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslarga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi.

Unga ko'ra, Ayollar va bolalarni reabilitatsiya qilish hududiy markazlariga joylashtirilgan xotin-qizlar quyidagi davlat bojlarini to'lashdan ozod etiladi:

  • ularga va ularning voyaga yetmagan farzandlariga nikoh tuzilganligi to‘g‘risida va tug‘ilganlik haqida takroriy guvohnomalar olinganda;
  • yo‘qotilgan ID-karta va pasportlarni berganlik uchun.

Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarning kartasini tiklash uchun banklarga murojaat qilish to‘g‘risida "Inson" markazi direktori tasdiqlagan ishonchnoma notarial tasdiqlangan ishonchnomaga tenglashtiriladi. Jabrlanuvchi maxsus markazga 6 oygacha joylashtirilishi mumkin bo'ladi.

Shuningdek, bunday ayollar va ularning voyaga yetmagan farzandlariga davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish mexanizmi joriy etilmoqda. Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatiladigan ishlar: 

  • alimentlarni undirish haqidagi; 
  • bolalarning ta’minoti uchun qilinadigan qo‘shimcha xarajatlarni undirish to‘g‘risidagi; 
  • uyga kiritish, turar joydan foydalanish huquqini yo‘qotgan deb topish va ko‘chirish haqidagi; 
  • otalikni belgilash yoki otalik huquqidan mahrum qilish to‘g‘risidagi; 
  • bolaning yashash joyini belgilash haqidagi;
  • bola bilan ko‘rishish tartibini belgilash to‘g‘risidagi;
  • nikohdan ajratish haqidagi;
  • mol-mulkni bo‘lish to‘g‘risidagi;
  • mol-mulkni boshqa shaxsning qonunga xilof egaligidan talab qilish haqidagi;
  • mol-mulkiga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi;
  • ishga tiklash haqidagi;
  • ish haqini undirish to‘g‘risidagi.
Bu choralar jabrlanganlarning huquqlarini tiklash, ularga manzilli ijtimoiy va huquqiy yordam ko‘rsatish hamda ishonchli himoyasini ta’minlashga xizmat qiladi.
Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91315 | Инструменты