O'zbekistonda aholi tinchligini buzgan, shovqin solgan fuqarolardan sud tartibida konpensatsiya undirilishi mumkin

Kuni kecha O'zbekistonda “Aholini shovqinning zararli ta’siridan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. Unga ko‘ra, odamni sezilarli darajada bezovta qilmaydigan, inson organizmining funksional tizimlarida va shovqinga sezgir bo‘lgan a’zolarida jiddiy o‘zgarishlarga olib kelmaydigan hamda sanitariya qoidalari va normalarida belgilanadigan shovqin darajasi shovqinning yo‘l qo‘yiladigan darajasi hisoblanadi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi aholini shovqinning zararli ta’siridan himoya qilish sohasidagi vakolatli davlat organidir.

Shovqinning yo‘l qo‘yiladigan darajasidan yuqori, fuqarolarning osoyishtaligi va normal dam olishini buzadigan shovqinlar jumlasiga quyidagilar kiradi:

  • turar joy binolari hududida insonlarning maishiy, uy-xo‘jalik faoliyati natijasida yuzaga keladigan shovqin
  • qurilish maydonlaridagi mehnat faoliyati tufayli hamda qurilish texnikasi va transport vositalaridan yuzaga keladigan shovqinturli toifadagi
  • transportlarning ishlashi va harakatlanishi natijasida yuzaga keladigan shovqin va boshqalar.

Qonunda belgilangan tartibda quyidagi vaqt oralig‘ida shovqin chiqarish orqali fuqarolarning osoyishtaligini buzishga yo‘l qo‘yilmaydi:
  ish kunlari soat 23.00 dan 07.00 gacha;
 dam olish kunlari va ishlanmaydigan bayram kunlari soat 22.00 dan 09.00 gacha.

Shovqinning zararli ta’siri natijasida yetkazilgan zarar uchun sud tartibida kompensatsiya undirilishi mumkin. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91116 | Инструменты