Prezidentning “Barqaror ish o‘rinlarini yaratish va kichik biznesni jadal rivojlantirish orqali aholi daromadlarini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, tuman (shahar) shtabi qaroriga asosan Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarni kooperatsiyaga jalb qilgan lider tadbirkorlarga 5 mlrd so‘mgacha (jalb qilingan har bir oila uchun 50 mln so‘m hisobda) garov ta’minotisiz kredit ajratilishiga ruxsat beriladi.
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va yoshlar tadbirkorligi dasturlarining imtiyozli kredit resurslarini boshqarish vakolati tuman (shahar) shtablariga o‘tkaziladi.
Joriy yil 1 oktyabrdan o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar hamda kichik va o‘rta tadbirkorlik sub’yektlariga tuman (shahar) shtablari qarorlari asosida tijorat banklari kreditlari bo‘yicha foiz xarajatlarining bir qismini “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati (Kompaniya) tomonidan yoki belgilangan boshqa manbalar hisobidan kompensatsiya qilish mexanizmi joriy qilinadi.
Bunda:
Alpha version: 0.9.1.19 build 91217 | Инструменты