Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro shahridagi madaniy meros obyektiga “reklama banneri va havo sovitkich o‘rnatilgani” haqidagi xabarlar tarqaldi.
Mazkur vaziyat bo‘yicha Buxoro viloyati Madaniy meros boshqarmasi tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.
Mutaxassislar ishtirokida olib borilgan o‘rganishlar jarayonida shaharda joylashgan madaniy meros obyekti hisoblangan “Tursunjon” madrasasining tashqi devoriga havo sovitkich va reklama banneri tarixiy obyektlardan foydalanish talablariga zid ravishda o‘rnatilganligi aniqlandi.
Ushbu holatni bartaraf etish maqsadida obyektga o‘rnatilgan havo sovitkichi va reklama banneri olib tashlandi. Shuningdek, binoning hujrasidan noqonuniy foydalanib kelayotgan fuqaroga nisbatan chora ko‘rildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122218 | Инструменты