CNN Toshkentda sovet meʼmorchiligi merosi va zamonaviy dizayn yechimlari qanday uyg‘unlashgani haqida maqola eʼlon qildi.
"Toshkentdan o‘tib borar ekansiz, go‘yo sovet brutalizmi, oriyentalizm, modernizm, futurizm va neoklassitsizm namunalariga to‘la meʼmorchilik haqidagi rasmli kitobni varaqlayotgandek his etasiz," — deyiladi maqolada.
Taʼkidlanishicha, hozirda marhuma Zaha Hadid va Tadao Ando singari "yulduz meʼmorlar" firmalari tomonidan loyihalashtirilgan yangi diqqatga sazovor inshootlar ishlab chiqilmoqda. Shu bilan birga, o‘zbek xalqining o‘ziga xosligi saqlanib qolinmoqda — anʼanaviy naqshlar va madaniy unsurlar zamonaviy meʼmoriy shakllarga uyg‘un tarzda singdirilgan.
Poytaxtdan tashqari, Buxoro, Samarqand va Xiva shaharlarida ko‘plab qadimiy madrasalar, karvonsaroylar va boshqa Ipak yo‘li davriga oid yodgorliklar joylashgan. O‘zbekiston bu noyob meʼmoriy xazinalarni saqlash va qayta tiklash orqali o‘zini jahon madaniyati markazlaridan biri sifatida namoyon etmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 10922 | Инструменты