Huawei 1
Endilikda madaniy meros obyektlariga turli yozuvlar yozish va rasmlar chizganlik uchun javobgarlik belgilanadi

Joriy yilning 26-avgust kuni Senatning Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni ta'minlash masalalari qo‘mitasining majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda Senatning navbatdagi yalpi majlisi doirasida ko‘rib chiqiladigan qonunlar dastlabki tarzda muhokama qilindi.

Jumladan, Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks 64¹-modda bilan to‘ldirilib, moddiy madaniy meros obyektlariga nisbatan hurmatsizlik bilan munosabatda bo‘lish, ya'ni moddiy madaniy meros obyektlariga yozuvlar yozish, rasmlar chizish yo‘li bilan tahqirlash yoki shikast yetkazish, moddiy madaniy meros obyektlarini, ularning tarixiy, ilmiy, badiiy yoxud o‘zgacha madaniy qimmatiga dog‘ tushiruvchi yoki ularni masxara qiluvchi harakatlarni sodir etish, xuddi shuningdek moddiy madaniy meros obyektlariga nisbatan jamoat tartibini buzuvchi harakatlarni sodir etish ma'muriy huquqbuzarlik sifatida qayd etilib, javobgarlik belgilanmoqda.

Eslatib o'tamiz, bundan oldin O'zbekistonda joriy yilda 37 ta madaniy meros obyektida restavratsiya ishlari uchun qariyb 85 mlrd so‘m ajratilishi haqida xabar bergan edik

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50614 | Инструменты