O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi Gayane Umerovaning Nara shahri meri janob Gen Nakagava va Todaydji buddaviylik ibodatxonasi yetakchisi, muhtaram Betto Hashimura Kouey bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Suhbat chog‘ida madaniy hamkorlikni chuqurlashtirish, shu jumladan, bo‘lajak ko‘rgazma loyihalarini amalga oshirish, muzeylar almashinuvini rivojlantirish, ikki mamlakat madaniyat muassasalari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. 2027-yilda Nara Milliy muzeyida keng ko‘lamli arxeologiya ko‘rgazmasini tashkil etish rejalari alohida muhokama etildi.
Uchrashuvning rasmiy qismidan so‘ng Yaponiyaning eng diqqatga molik ma’naviy markazlaridan biri – YUNESKO Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan Todaydzi buddaviylik ibodatxonasiga sayr uyushtirildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 41417 | Инструменты