Xususan, “Uchtepa-Buloqmozor” yodgorligidan boshsiz rohiba qoldiqlari, olovi o‘chmaydigan o‘choqlar ham topilgan
O‘zbekiston insoniyat tamaddunining qadim beshiklaridan biridir. Namangan viloyatida kashf etilgan yana bir tarixiy yodgorlik buni ilmiy jihatdan isbotlash, arxeologiya fanini yangi ma’lumotlar bilan boyitish barobarida mamlakat turizm salohiyatini yuksaltirishga ham hissa qo‘shishi mumkin.
Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan moliyalashtirilgan “Ichki va xalqaro turizmning “Uchtepa-Buloqmozor” majmuasi arxeologik yodgorliklarini o‘rganish va ularni moviy osmon ostidagi muzeyga aylantirish” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida Norin tumanida zardushtiylik davriga oid qadimiy ibodatxona aniqlandi.
Akademik Ahmadali Asqarov boshchiligidagi ilmiy jamoa qazish ishlari davomida qadimgi tosh davriga oid, hududda zardushtiylik qarashlari va islom dinining keng tarqalishi bilan bog‘liq o‘ta noyob topilmalar hamda ibodatxonani kashf qildilar.
"Biz qazishma ishlarini olib borishdan avval tepalik ostida qadimiy hukmdorning qabri va o‘sha davr an’analariga ko‘ra unga qo‘shib ko‘milgan boyliklar bo‘lsa kerak, deb taxmin qilgandik. Natijalar biz kutgandan ham a’lo bo‘ldi – qo‘lga kiritgan manbalarimizning ilmiy qimmati va ahamiyati beqiyos", - deydi akademik A.Asqarov.
Darhaqiqat, olis tarixdan guvohlik beruvchi ko‘hna yodgorlik hududda shaharsozlik, tasviriy san’at, ilmiy-falsafiy dunyoqarash, yozuv madaniyati juda qadimdan rivojlanganligidan dalolat beradi.
“Uchtepa-Buloqmozor” yodgorligi, u yerdan topilgan boshsiz rohiba, kutvol xotini va bolasining qoldiqlari, olovi o‘chmaydigan o‘choqlar ham topilgan.
Eslatib o'tamiz, bundan oldin Namangandagi "Uchtepa-2" arxeologik obyektida otashparastlar ibodatxonasi topilgani haqida xabar bergan edik.
Alpha version: 0.9.1.19 build 51200 | Инструменты