O‘zbekiston prezidenti «Aholiga madaniy xizmat ko‘rsatish darajasini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi.
Qarorga ko‘ra, milliy madaniyatni xorijda faol targ‘ib etuvchi chet el fuqarolari, jumladan vatandoshlar faoliyatini rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlash maqsadida «O‘zbek madaniyati elchisi» maqomini berish tizimi joriy etiladi.
Hujjat bilan 2024–2025 yillarda respublikada o‘tkaziladigan ommaviy-madaniy va konsert-tomosha tadbirlarining kalendar rejasi tasdiqlandi.
2024 yildan har ikki yilda bir marta oktyabr oyida badiiy havaskorlik jamoalari o‘rtasida respublika tanlovi o‘tkaziladi.
2024 yil 1 apreldan «Madaniyat to‘lqinlari» media-loyihasi amalga oshiriladi.
Media-loyiha doirasida tanlov o‘tkaziladigan yo‘nalishlar va ularning konsepsiyasi belgilab berilib, jamoatchilik tomonidan ijobiy qabul qilingan va g‘oyaviy yuksak eng yaxshi 50 ta media mahsulotning har biri 50 million so‘m pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122219 | Инструменты