Huawei 1
O‘zbekiston 100 ta milliy oshxonalar reytingida 76-o‘rinda qayd etildi

TasteAtlas portali dunyoning 100 ta eng yaxshi oshxonalari navbatdagi reytingini e’lon qildi.

U mijozlar tomonidan qoldirilgan 395 mingdan ortiq taomlar reytingi va 115 mingdan ortiq oziq-ovqat reytingi asosida tuzilgan.

Birinchi o‘rinni Italiya milliy oshxonasi egalladi. 

Mijozlar uning pitsa, rizotto, talyatelle, pasta va ravioli kabi taomlariga yuqori baho berishgan.  

Ikkinchi o‘rinni sushi, ramen, sashimi, yakitori va mochi kabi taomlari bilan Yaponiya oshxonasi egalladi.

Uchinchi o‘rinda giros, suvlaki, mussaka, yunoncha salat va pastitsio kabi taomlari bilan Gretsiya qayd etildi.

O‘zbekiston oshxonasi reytingda 76-o‘rinni egalladi. 

Mijozlar lag‘mon, palov, obi non va mantiga yuqori baho berishgan.  

Rossiya oshxonasi reytingda 41-o‘rinda. Markaziy Osiyo davlatlari orasida Qozog‘iston 90-o‘rinda, Qirg‘iziston 92-o‘rinda qayd etilgan. Tojikiston va Turkmaniston reytingga kirmagan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122218 | Инструменты