Huawei 1
O‘zbekiston xalq baxshisi Qalandar baxshi 73 yoshida vafot etdi

O‘zbekiston xalq baxshisi Qalandar baxshi (Ro‘zimboy Normatov) 73 yoshida vafot etdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi xabar berdi. 

Xorazm baxshichilik, dostonchilik maktabining yirik nomoyondalaridan biri bo‘lgan Ro‘zimboy (Qalandar baxshi) Normatov 1951-yil 15-iyunda Xorazm viloyati, Shovot tumanida tavallud topgan. U 1990-yil Toshkent davlat madaniyat institutini tamomlagan.

Qalandar baxshi xalq ijodiyotining an’anaviy xalq termalari, dostonlari, xalfa qo‘shiqlari va masxarabozlik yo‘nalishlarini o‘z ichiga qamrab olgan "Avazxon" folklor etnografik xalq ansambli badiiy rahbari sifatida ko‘p yillar faoliyat yuritgan.

Qalandar baxshi qadimiy dostonlardan "Oshiq Gʻarib va Shohsanam"," Tohir va Zuhra", "Oshiq Mahmud"," Sayotxon va Hamro", "Go‘ro‘g‘li" dostonlari turkumiga kiruvchi "Baziryon", "Avazxon", "Xirmondal" kabi qator dostonlarini kuylash bilan birgalikda, bizgacha faqat mazmunlari orqaligina yetib kelgan qadimiy "Yusuf Ahmad" dostonining qayta tiklanib ijro etilishiga munosib hissa qo‘shgan.

2001-yilda baxshichilik sohasidagi mehnatlari uchun “O‘zbekiston xalq baxshisi”  unvoni bilan taqdirlangan.

Uzreport.news tahririyati marhumning oila a’zolariga chuqur hamdardlik bildiradi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122217 | Инструменты