Bir necha o‘n yildan beri xorij olimlar O‘zbekistonning qadimgi va zamonaviy sivilizatsiyalarning shakllanishidagi rolini tushunishga harakat qilib keladi.
2024 yil Vashington universiteti professori Maykl Franchetti va Milliy arxeologiya markazi direktori, tarix fanlari doktori, professor Farhod Maqsudov rahbarligida Jizzaxning Baxmal tumanida O‘zbek – Amerika qo‘shma ekspeditsiyasi natijasida Tug‘unbuloq yodgorligi aniqlandi. Ular birinchilardan bo‘lib, Markaziy Osiyoda dron LIDAR tadqiqotlarini amalga oshirgan tadqiqotchilar hisoblanadi. Bu tadqiqot natijasida ular O‘zbekistonning janubi-sharqida ikkita yangi arxeologik yodgorlikni aniqladi: Toshbuloq va Tug‘unbuloq. Bu shaharlar 2000-3000 metr balandlikda joylashgan bo‘lib, milodiy VIII-XI asrlarga oid.
Tug‘unbuloq yodgorligi "National Geographic" loyihasi tomonidan qo‘llab quvvatlangan bo‘lib, yodgorlikni aniqlashda yuqori aniqlikdagi sunʼiy yo‘ldosh tasvirlari, 3D modellashtirish va boshqa ko‘plab zamonaviy texnologiyalardan foydalanildi.
Topilmalar va olingan o‘rnaklarga ko‘ra, bu yodgorlikning yuqori qatlami – Qoraxoniylar davri, eng pastki qatlami esa Turk xoqonligi davri deya taxmin qilinmoqda. Bu qo‘shma ekspeditsiyada o‘simlik makroqoldiqlar (urug‘lar), fitolitlar va yog‘och ko‘mirlar bilan ham tadqiqotlar olib borilib, qadimgi qishloq xo‘jaligi, o‘simliklarning madaniylashuvi va uning ijtimoiy hamda ekologik o‘zgarishlarga taʼsiri o‘rganildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122023 | Инструменты