Uchrashuvda sun’iy intellekt davrida oliygohning kelajagi, yangi rivojlanish strategiyasi va istiqboldagi ustuvor yo'nalishlari yuzasidan o'zaro fikr almashildi.
Prezident Administratsiyasi rahbari maslahatchisi Komil Allamjonov 13-noyabr kuni Jorj Vashington universiteti (AQSH) prezidenti Ellen Granberg bilan uchrashdi.
«Jorj Vashington universiteti Maslahat kengashi yig'ilishida oliygoh prezidenti Ellen Granberg bilan yana uchrashganimdan mamnunman. Sun'iy intellekt davrida oliygohning kelajagi va yangi rivojlanish strategiyasi yuzasidan mazmunli fikr almashdik. Dunyoning yetakchi ilm-fan markazlaridan birida kengash a'zosi sifatida uning istiqboliga hissa qo'shish men uchun sharaf», deyiladi xabarda.
Ma'lumot uchun, Komil Allamjonov Jorj Vashington universiteti Maslahat kengashi a'zosi hisoblanadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 111400 | Инструменты