Nizomga ko‘ra, subsidiyalar Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan qayta moliyalashtiriladigan ipoteka kreditlari doirasida birlamchi uy-joy bozoridan kvartiralarni sotib olish uchun ajratiladi. Subsidiya 1 oilaga faqat 1 marta beriladi.
Hukumat qarori bilan “Madaniyat, san’at va adabiyot sohalari vakillariga ipoteka krediti asosida uy-joy sotib olish uchun subsidiya ajratish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.
Ushbu Nizom madaniyat, san’at va adabiyot sohalari vakillariga ipoteka krediti asosida uy-joy sotib olish uchun subsidiya ajratish tartibini belgilaydi. Nizomga ko‘ra, subsidiyalar Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan qayta moliyalashtiriladigan ipoteka kreditlari doirasida birlamchi uy-joy bozoridan kvartiralarni sotib olish uchun ajratiladi.
Subsidiya ariza beruvchining asosiy ish joyidagi hudud doirasida qurilgan kvartiralar uchun yo‘naltiriladi. Ariza beruvchi subsidiya olish uchun Davlat xizmatlari markazlari yoki YAIDXP (my.gov.uz) orqali murojaat qiladi. Ariza beruvchining quyidagi mezonlarga mosligi axborot tizimlari orqali avtomatik ravishda tekshiriladi:
- ariza beruvchi, uning turmush o‘rtog‘ining birgalikdagi daromadlarini belgilangan mezonlarga muvofiqligi;
- ariza beruvchi, uning turmush o‘rtog‘ining nomida respublikaning barcha hududlari miqyosida so‘nggi 2 yilda mulk huquqi bilan turar joy mavjud bo‘lmagani;
- ariza beruvchining madaniyat, san’at va adabiyot sohalarida faoliyat bo‘yicha kamida 3 yil ish stajiga egaligi;
- ariza beruvchining madaniyat, san’at va adabiyot sohalarida faoliyat yuritishi uchun so‘nggi 3 yilda lisenziyaga ega bo‘lgani va boshqalar.
Subsidiya 1 oilaga faqat 1 marta beriladi.
Subsidiya ajratish to‘g‘risida xabarnoma olgan talabgor birlamchi bozordan kvartirani ipoteka krediti orqali sotib olish bo‘yicha qurilish (pudrat) tashkiloti yoki developer bilan shartnoma tuzadi.
Boshlang‘ich badalning bir qismini qoplash uchun subsidiya o‘tkazilgan kundan boshlab 30 kun ichida foydalanilmagan taqdirda, bank subsidiyani O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjetiga qaytaradi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 111315 | Инструменты