13 noyabr kuni ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Dam olish kunlari esa yog‘ingarchilik bo‘lmaydi, havo harorati 15 darajagacha ko‘tariladi.
Bugun kunduzi Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari va Farg‘ona vodiysining ayrim joylarida yomg‘ir yog‘adi. Mamlakatning qolgan hududlarida asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi. Harorat 5–10 daraja iliq bo‘ladi.
14–15 noyabr kunlari O‘zbekiston bo‘yicha asosan quruq va iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Kechalari harorat 0–5 daraja iliq, kunduz kunlari esa asta-sekin ko‘tarilib, 10–15 daraja iliqni tashkil etadi.
Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi. 13 noyabr kuni janubda ba’zi joylarda shamol tezligi 13–18 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda 13 noyabr kuni ba’zi joylarda yomg‘ir va qor yog‘adi. Ayrim hududlarda yog‘ingarchilik kuchli bo‘lishi mumkin.
Toshkent shahrida 13 noyabr kuni vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. 14–15 noyabr kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Poytaxtda harorat kechalari 2–4 daraja iliq bo‘ladi. Kunduzi 13 noyabrda 7–9 daraja, 14–15 noyabrda esa 13–15 daraja iliqni tashkil etadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 111312 | Инструменты