O'zbekiston va Ozarbayjon kinoijodkorlari hamkorligida Maqsud Shayxzoda haqida film yaratiladi

Ozarbayjonda o‘tayotgan “O‘zbekiston fan va madaniyati kunlari” doirasida Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi va Ozarbayjon Kinematografiya agentligi o‘rtasida o‘zbek xalqining sevimli shoiri, yozuvchi, dramaturg, zabardast olim Maqsud Shayxzoda haqida film yaratish bo‘yicha hamkorlik memorandumi imzolandi. Bu haqda Kinematografiya agentligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Mazkur kelishuv madaniyat kunlarining muhim voqeligi bo‘ldi. Memorandum kinematografiya agentligi direktori Firdavs Abduholiqov va Ozarbayjon Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi kinematografiya agentligi direktori O‘rxan Fikret o‘g‘li tomonidan imzolandi.  

"Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2023-yilda mamlakatimiz tarixiy shaxslari hayoti va ijodiga bag‘ishlangan 50 ta loyihadan iborat “Tirik tarix” turkumi ostida filmlar yaratish tashabbusini ilgari surdi, – dedi Firdavs Abduholiqov. – 7 yilga mo‘ljallangan dastur loyihasiga kiritilgan filmlardan biri “Maqsud Shayxzoda” qo‘shma kinoloyihasidir. Ishonamizki, ushbu kinomahsulotlar O‘zbekiston va Ozarbayjon xalqlari qalbidan joy oladi va xalqlarimiz o‘rtasidagi umumiy madaniy aloqalarni mustahkamlashga hissa qo‘shadi.  

– O‘zbek kinosidagi yangiliklar, islohotlar bizni ham juda xursand qilmoqda hamda aynan o‘zbek milliy filmlariga bo‘lgan qiziqishimiz ortmoqda, – dedi O‘rxan Fikret o‘g‘li. – Albatta, milliy kinematografiyangizdagi bunday ijobiy islohotlar Prezidentingizning eʼtibori va ko‘magi tufaylidir. O‘zbekiston kinoijodkorlari bilan hamkorlikda ushbu filmdan tashqari yana boshqa mavzularda ham qo‘shma loyihalar ishlash rejamizda bor.  

Aytish kerakki, 2021-yil Kinematografiya agentligi va Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat markazi bilan hamkorlikda “First art media” studiyasi tomonidan Maqsud Shayxzoda hayoti va ijodiga bag‘ishlangan “Ikki xalq dilbandi” hujjatli filmi suratga olingan.  

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72714 | Инструменты