Huawei 1
O'zbekistonlik aktyor Qozon xalqaro kinofestivalida "Eng yaxshi aktyor" nominatsiyasida g'olib deb topildi

Joriy yilning 6-11-sentyabr kunlari Tatariston poytaxtida "Oltin Minbar" XX Qozon xalqaro kinofestivali o'tkazildi. 

Mazkur festivalda o'zbekistonlik taniqli kinorejissyor Yolqin To'ychiyev tomonidan suratga olingan "Evolyutsiya" filmi namoyish etildi.

Quvonarlisi, mazkur festivalda "Evolyutsiya" filmida bosh qahramon rolini ijro etgan O'lmas O'rayev "Eng yaxshi aktyor" nominatsiyasida g'oliblikni qo'lga kiritib, kinofestival diplomi bilan taqdirlandi.

Qayd etish kerakki, yigirmanchi marta o'tkazilgan "Oltin Minbar" festivalida 47 mamlakatdan taqdim etilgan 800 film namoyish etildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102303 | Инструменты