Huawei 1
Parijda Og‘a Xon madaniyat jamg‘armasi bilan O'zbekiston hukumati o'rtasida anglashuv memorandumi imzolandi

2023-yil 16-noyabr kuni Parij shahrida O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi Gayane Umerova va Og‘a Xon madaniyat jamg‘armasi bosh direktori Lui Monreal ishtirokida ishchan muloqot ruhidagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muzokaralar natijasiga ko‘ra, Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi bilan Og‘a Xon madaniyat jamg‘armasi o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi. Hujjat me’morchilik merosi, muzey ta’limi, meros boshqaruvi sohalarida ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlashga yo‘naltirilgan.

Muassasalar rejalarida madaniy inshootlarni qayta tiklash va ta’mirlash, restavratorlar, muzey muhofizlari va merosni asrab-avaylash sohasidagi mutaxassislar malakasini oshirish hamda me’morchilik merosi sohasida tadqiqotlar o‘tkazish markazini tashkil etish kabi qator salmoqli loyihalarni ishga tushirish ko‘zda tutilgan. Mazkur chora-tadbirlar O‘zbekistonning madaniy merosini asrab-avaylashga qaratilgan.

Og‘a Xon jamg‘armasi butun dunyo bo‘ylab shaharlar va tarixiy obidalarni qayta tiklash dasturlarini muvaffaqiyatli ravishda amalga oshirib kelmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122218 | Инструменты