14-noyabr kuni Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida joylashgan “Sangardak” mahallasga “Turizm mahallasi” maqomi berilishi munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi.
Ma'lum qilinishicha, O‘zbekistonga kelayotgan xorijlik sayyohlar soni ikki barobar ko‘paygan. Turizm eksportidan tushayotgan daromad 4 barobar o‘sdi. Misol uchun, joriy yilning 10 oyi davomida 5,5 mln nafar xorij fuqarolari O‘zbekistonni sayohat qilish uchun tanladi va 1,8 mlrd dollarlik turizm xizmatlari eksport qilindi.
Sayyohlar sonini oshirish hamda ularga qulaylik yaratish maqsadida, “Sangardak” mahallasi infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha “Sangardak” mahallasiga olib boruvchi 15 km ichki yo‘l ta’mirlandi, 30 ta tungi yoritish chiroqlari, 2 ta piyodalar ko‘prigi, 5 ta selfi hudud, 2 ta sanitariya-gigiena shoxobchasi, 4 ta atraksionlar va ko‘ngil ochar maskanlar, “Sangardak” mahallasining ramziy kirish stellosi, 1 ta turistik axborot markazi qurib bitkazilib foydalanishga shay holatga keltirildi. “Sangardak” mahallasining gastronomik va ekoturizm imkoniyatlari aniqlanib mazkur yo‘nalishda turizm xizmatlarini tashkil etish bo‘yicha aholi orasida 18 marotaba targ‘ibot ishlari amalga oshirildi hamda milliy taomlar tayyorlovchi gastroxonadonlar ro‘yxati shakllantirildi.
“Sangardak” mahallasining “Turizm mahallasi” maqomiga ega bo‘lishi yo‘lida 23 ta oilaviy mehmon uyi, hamda 2 ta sanatoriylar (sog‘lomlashtirish) va 17 turdagi turizm xizmatlari tashkil etilib, 250 ga yaqin aholi, xotin-qizlar doimiy ish o‘rinlariga ega bo‘ldi. Bugungi kunda qishloqda 100 dan ortiq tadbirkorlik subyektlari mavjud. “Sangardak” mahallasiga Xitoy, Pokiston, Hindiston, Belarussiya, Rossiya va boshqa davlatlardan xorijiy sayyohlar oqimi muntazam ravishda kuzatilgan bo‘lsa qo‘shni Tojikiston Respublikasidan sayyohlar soni ikki karraga oshdi.
Jumladan, 2023-yil davomida 360 ming nafar mahalliy, 87,5 ming nafar xorijiy sayyohlar tashrif buyurdi. “Sangardak” mahallasida mavjud 6 ta madaniy meros obyektlari va diqqatga sazovor joylar, 2 ta ziyoratgohlar, 20 ta tabiat manzaralari (tog‘, suv, buloq) hududlarlarida obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. 18 ta turizmga ixtisoslashgan obyektlar turizm marshrutiga kiritildi.
Ma’lumot uchun, ushbu mahalla Sariosiyo tumani markazidan qariyb 52 km uzoqlikdagi so‘lim go‘sha dengiz sathidan 2000 metr balandlikda tog‘lar orasida joylashgan. Aholisi 3666 ming bo‘lib o‘zbek va tojik millatidan tashkil topgan. Sangardak mahallasida 4 ta qishloq mavjud bo‘lib, asosiy daromadi bog‘dorchiliq, chorvachilikdan, yoz va kuz oylarida dam oluvchilarni qabul qilish va ularga xizmat ko‘rsatishdan iborat.
Xonadonlarda mavjud salohiyatlardan foydalangan holda 15 turdagi turizm xizmatlari tashkil etildi. Jumladan, 2 ta quroqchilik, 2 ta gilam to‘qish, 3 ta echki sutidan tayyorlangan qurt va sut mahsulotlari savdosi va ularning tayyorlanish jarayoni, 2 ta ho‘l meva va baliq (forel) savdosi va baliq mahsulotlari tayyorlash bo‘yicha master klass, milliy taomlar tayyorlovchi 23 ta gastroxonadonlar, 1 ta muzey, 20 ta ekskursiya xizmati, 10 ta otda sayr, 10 ta basseyn xizmati, 3 ta milliy kuy qo‘shiqlar kuylash, 1 ta kashtachilik, agroturizm xizmatlari (sigir va echki sog‘ish), non yopish bo‘yicha master klass, turizm axborot markazi, suvenir mahsulotlari savdosi xizmatlari yo‘lga qo‘yildi.
Kelgusida “Sangardak” turizm mahallasida joy sonini oshirish, yangi xizmat turlarini yo‘lga qo‘yish va ekstremal turizmni rivojlantirish (tog‘larda dor yo‘llari) va bu orqali mahalliy va xorijiy sayyohlar sonini yanada ko‘paytirish maqsad qilingan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122217 | Инструменты