Saudiya Arabistonidagi vatandoshimiz Abdullatif Andijoniy O'zbekistondagi ko'zi ojiz shaxslar uchun 10 dona brayl alifbosida chop etilgan Qur'oni Karimning tafsirini taqdim etdi, deb xabar qilayapti "Dunyo" AA.
Abdullatif Andijoniy mazkur muqaddas kitoblarni O'zbekistonning Jidda shahridagi Bosh konsulxonasiga mamlakatga yetkazib berish uchun topshirdi.
Mazkur beg'araz yordam shaklida berilgan kitoblar 26x36 hajmdagi 20 dona qutilarga joylashtirilgan.
Mamlakatimiz diplomatik vakolatxonasi ko'magida kitoblar O'zbekiston Ko'zi ojizlar jamiyatiga taqdim etiladi.
Avvalroq, Saudiya Arabistoni hukumati O'zbekistonga 50 dona brayl alifbosida chop etilgan muqaddas Qur'oni Karim kitoblarini taqdim etgani xabar qilingandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122218 | Инструменты