Huawei 1
Toshkentda yangi sotib olingan uydan bir asrlik qadimiy kitoblar topildi

Toshkent shahrining Yashnobod tumanida yashovchi fuqaro yangi sotib olgan uyidan XIX-asr oxiri XX-asr boshlariga tegishli qadimiy kitoblar topib olgan. Mazkur qo‘lyozmalar Madaniy meros agentligi va uning shahar boshqarmasi mas’ullari tomonidan o‘rganildi.

Fuqaroning murojaatiga asosan yangi uydan topilgan tarixiy kitoblar ustida atroflicha o‘rganish ishlari olib borildi. Tekshiruvlar natijasida topilgan ashyolar eski o‘zbek yozuvidagi qo‘lyozma va toshbosma kitoblar ekanligi aniqlandi. Ularning ichida she’riy to‘plamlar, badiiy va ilmiy-ommabop kitoblar ham bor ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Topilgan kitoblar fuqaroning shaxsiy mulki ekanligini inobatga olgan holda agentlik xodimlari tomonidan qolyozmalarni davlatga topshirish yoki sotib yuborishi mumkinligi tushintirildi.

Agentlik xodimlari tomonidan fuqaroga ushbu kitoblarni davlatga topshirish yoki topilmalar shaxsiy mulki bo‘lgani sabablari sotib yuborishi ham mumkinligi yuzasidan tushintirish ishlari olib borildi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur kitoblar ustida batafsil o‘rganish ishlari yakuniga yetgach qo‘shimcha ma’lumotlar taqdim etiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122217 | Инструменты