Huawei 1
Turkiy tilli mamlakatlar uchun yagona kino va media platforma yaratiladi

Xalqaro TURKSOY forumi doirasida “Madaniy merosni saqlashda kinoning o‘rni” mavzusida anjuman bo‘lib o‘tdi. Unda bir qator madaniy loyihalarning taqdimoti o‘tkazildi.

Jumladan, Islom sivilizatsiyasi markazi multimedia bloki uchun tayyorlangan “Arab tili evolyutsiyasi”, “Masjid”, “Sehrli ko‘za”, “Baqtriya tarixi”, “Klavixo”, “Xudoybergan Devonov va nemis mennonitlari” “Muxtor Avezov” videoroliklar turkumi loyihalari, shuningdek “O‘zbekiston madaniy merosi” turkumiga oid hujjatli filmlar taqdimotlari o‘tkazildi.

Bundan tashqari, TURKSOY forumining OAV faoliyatiga bag‘ishlangan ma’ruzalari tinglandi. Turkiy tilli davlatlar o‘rtasidagi madaniy aloqalarni mustahkamlashda OAVning o‘rni, bundan tashqari OAVning madaniy merosga o‘zaro ta’siri, kontentni birgalikda ishlab chiqarishning qiyinchililari va imkoniyatlari, turizm va milliy brendingni rivojlantirishda OAVning roli, turkiy dunyo mamlakatlari kino va OAV uchun yagona platforma yaratish masalalari kabi mavzular muhokama qilindi.

Forum so‘ngida Turk tilli mamlakatlar uchun yagona kino va media platforma yaratish to‘g‘risidagi rezolyutsiya qabul qilindi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91318 | Инструменты